AREOPAG

AREOPAG (yun. Arelos — Ares tepaligi) — 1) qad. Afinadagi davlat organi. Areopag dastlab oqsoqollar uyushmasi boʻlib, sud va liniy ishlar ustidan nazorat qilib turgan; aʼzolari aslzoda aristokratlardan umrbodga saylangan. Keyinroq siyosiy nazoratchilik huquqidan mahrum etilib, faqat qotillarni sud qilish vazifasinigina oʻtagan;

2) (koʻchma maʼnoda) biron-bir masalani hal qilish uchun obroʻli shaxslarning yigʻilishi.