ARASHON

ARASHON (sanskritcha arasan — obi hayot) — issiq suvli mineral buloq. Arashon asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Arashon arasan, arshan shakllarida Sibirda va Oʻrta Osiyoda juda koʻp joy nomlari tarkibida uchraydi. Arashon, Arashonbuloq, Arashonsoy, Olmaarasan, Oqarasan kabilar.