ARALASH OʻRMONLAR

ARALASH OʻRMONLAR — keng bargli va igna bargli daraxt turlari aralash oʻsadigan oʻrmonlar. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning moʻtadil nam iqlimli tekisliklari va togʻlarining quyi min-taqasida tarqalgan. Moʻtadil mintaqaning keng bargli-igna bargli (qayin, eman, juka, zarang, qaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr) oʻrmonlari, subtropik mintaqaning keng bargli (dafna, zaytun va b.), igna bargli (kedr) aralash oʻrmonlari va b. turlari bor.