APLANOSPORA (yun. aplanes — qoʻzgʻalmaydigan va spora) — yashil va sariq-yashil soʻvoʻtlar baʼzi turlarining jinssiz koʻpayishi davrida hosil buladigan harakatsiz spora. Zoosporalar kabi Aplanospora ham oddiy vegetativ hoʻjayralarda yetiladi, lekin ulardan xivchini boʻlmasligi va harakat qilmasligi bilan farq qiladi.