APEYRON

APEYRON (yun. apeiron — cheksiz) — falsafa tarixiga yunon faylasufi Anaksimandr tomonidan kiritilgan tushuncha. A. tushunchasi materiya haqidagi tasavvurlar taraqqiyotida olgʻa qoʻyilgan qadam edi, chunki oʻsha davrda hamma narsaning asosi suv yoki havo, degan tasavvur mavjud edi. Anaksimandr zsa materiya tushunchasini Apeyron termini bilan atadi. Apeyron hech qanday sifatga ega emas, biroq hamma muayyan jismlarning asosidir; birbiriga qarama-qarshi boʻlgan issiqlik va sovuqlikni quruqlik va namlikni oʻzidan chiqara borib, abadiy mavjud boʻladi, boshqa jismlarni vujudga keltiradi. Apeyron tushunchasida Anaksimandrning sodda dialektik qarashlari oʻz ifodasini topgan.