ANXRAMAYNU

ANXRAMAYNU (fors tilidagi oʻrta asr manbalarida Ahriman, yunon adabiyotlarida Areimanios, Ariman) — zardushpgiylikyaa yovuz kuchlar, zulmat va oʻlim boshligʻi, Axuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli. Avesto kitobining «Gatlar» qismida Anxramaynu nomi umuman eslatilmaydi: ularda yovuzlik ruhi va yaxshilik ruhi — tegishlicha badkorliklar va odilliklar yoʻllarini tanlagan egizaklardir. «Klchik Avesto»da Anxramaynu — yovuz ruhlarni boshlab yuradigan «jaholat hokimi»dir; u har xil gunohlar, sehru jodular qiladi, yomonlik timsoli sifatida sovuqlik va qoru muzlikni, oʻlim, kasallik, keksalik, zaharli hasharotlarni yuboradi, birinchi inson Govamardni halok etadi. Odatda u, Ahuramazdaga qarshi oʻz qoʻl ostidagi iblisona kuchlar — devlar yordamida kurashadi. Uning zoʻri bilan dunyo bir-biriga qarama-qarshi 2 taraf — yaxshilik va yovuzliklar tarafiga boʻlinib qoladi.

A. Avestoning D«inkart» va «Zotseproʻm» degan qismlaridagi rivoyatlarda tilga olinadi. Jumladan, «Dinkart» 7-kitobining 2-faslida va «Zotseproʻm»ning 12-faslida naql etilgan. Unda chegaralar dahsizligini saqlash uchun yaratilgan hoʻkizni oʻldirish b-n bogʻliq doston bor. A. ning qilmishi baribir jazosiz qolmaydi. Umuman Anxramaynuning yaxshilik va yorugʻlikka qarshi kurashi abadiy davom etadi. Lekin A. Ahuramazdani yengishga ojizlik qiladi, chunki har doim yaxshilik gʻolib chiqadi.