ANTROPONOZALAR

ANTROPONOZALAR (antropo… va yun. nosos — kasallik) — faqat odamga zarar yetkazadigan yuqumli kasalliklar. A. ga vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya, poliomiyelit, difteriya, skarlatina, koʻkyoʻtal, qizamiq, gripp, terlama, bezgak, saramas, soʻzak, zaxm, traxomavab. kiradi.