ANTIGUA

ANTIGUA, Antigua-Guatemala — Gvatemaladagi shahar, Agua va Fuego vulkanlari etagida, 1500 m balandlikda. Sakatepekes departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 30 mingga yaqin kishi (1990). Muhim q. x. rayonining (shakarkamish, donli ekinlar) savdo markazi. Un-t (18-a. dan) bor. Shaharga 1542 — 43 y. larda asos solingan. 16 — 18-a. larda Gvatemalaning poytaxti va Markaziy Amerikaning eng muhim madaniyat markazi boʻlgan. 1773-y. da zilziladan vayron boʻlgan. Antigua — shahar muzey. 17 — 18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.