ANTANTA (frans. entente — bitim) —1) Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyaning Germaniya, Avstriya-Vengriya xamda Italiya ittifoqiga qarshi tuzgan ittifoqi. «Uchlik bitimi», «Uchlik ittifoqi» deb ham yuritiladi. Antanta 1904—07 y. larda shakllandi. Har ikkala ittifoqning maqsadi 19-a. oxirida boʻlingan dunyoni qayta taqsimlashdan iborat edi. Birinchi jahon urushi davrida Antantaga Serbiya, Italiya, Yaponiya, Belgiya, Gretsiya va Ruminiya, keyinchalik urushga kirgan AQSH qoʻshildi.
2) Yevropa tarixida boshqa bir kricha bloklar ham shunday nom bilan atalgan. Mas, Buyuk Britaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyadan iborat Oʻrta dengiz A. si (1887-y. — 19a. oxiri); Gretsiya, Ruminiya, Turkiya va Yugoslaviya oʻrtasidagi Bolqon Axi (1934-y. — 30-y. lar oxiri); Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviyaning Kichik Axi (1920-38).