ANTAGONISTLAR

ANTAGONISTLAR — 1) anatomiya va fiziologiyada qarama-qarshi harakatlanuvchi muskullar, mas, oyoqqoʻllardagi yozuvchi va bukuvchi muskullar, shuningdek yuqori va pastki jagʻdagi tishlar; nerv juftlari — ular qoʻzgʻalganda aʼzoga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi (mas, adashgan nerv taʼsirlanganda yurak ritmi hamda muskullarining qisqarishi sustlashadi va h. k., simpatik nerv taʼsirlanganda esa buning aksi kuzatiladi;

2) mikrobiologiyada — baʼzi mikroorganizmlar (zamburugʻ, bakteriya, achitqi)ning hayoti va rivojlanishini susaytiruvchi mikroorganizmlar.