ANSATBOYEV

ANSATBOYEV Najimatdin (1943.23.12, Kegayli) — qoraqalpoq aktyori va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1966). Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida aktyor va rej. (1966—78, 1996-y. dan navbatchi rej.), badiiy rahbari va direktori (1987—96). S. Xoʻjaniyozov nomidagi respublika Yosh tomoshabinlar teatrida bosh rej. (1978—79, 1987—96). Asosiy rollari: Navoiy («Navoiy Astrobodda»), Ayoz («Kaynona»), Kassio («Otello»), Gʻarib («Gʻarib oshiq»), Sharif Rahimov («Oʻz arizasiga koʻra»), Berdaq («Berdaq»), Yassaviy («Sohibqiron») va b. Rej. sifatida «Gʻarib oshiq», «Oy tutilgan tunda», «Yaralangan yuraklar», «Kelinlar qoʻzgʻoloni», «Oʻn uchinchi rais», «Tobutdan tovush», «Ota taqdiri», «Sohibqiron» kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1973).