ANOFTALM

ANOFTALM — bir yoki ikkala koʻz soqqasining yoʻqligi. Tugʻma sabablar yoki shikastlanish va turli kasalliklar natijasida roʻy beradi. Onaning homiladorlik davridagi ogʻir kasalliklari yoki turli zaharli moddalar, jumladan dorilardan zaharlanishi sabab boʻladi.