ANOMALIYA (yun. anomalia) — meʼyor (norma)dan chetga chiqish (ogʻish); umumiy qonuniyatga zid holat:
1) biologiya va tibbiyotda — biror aʼzo yoki butun organizm tuzilishi va funksiyasining odatdagidan koʻra boshqacharoq boʻlishi, normadan chetga chiqishi. Odam va hayvonlardagi Anomaliyalar tugʻma (ona qornidayoq) va tugʻilgandan keyin paydo boʻlishi mumkin. Tugʻma nuqsonlardan majruhlik koʻproq uchraydi. Orttirilgan Anomaliya (eshitish va koʻrish nuqsonlari, aqliy rivojlanishdan orqada qolish) turli kasalliklar oqibatida vujudga keladi;
2) pedagogika va psixologiyada — shaxsning jismoniy va aqliy rivojlanishda normadan chetga chiqishi. Bolalar Anomaliya sini maxsus ped. (defektologiya) oʻrganadi. Bosh miyada biror nuqsonni toʻldirib yuborish xususiyati kuchli boʻlganligi uchun bolalarda Anomaliya hodisasiga qarshi keng pedagogik ishlar olib borish mumkin;
3) magnit A. lar — Yer sirtidagi magnit maydon qiymatining meʼyordagidan ogʻishi, yaʼni qiymati magnit Anomaliya tarqalish hududidan ancha katta boʻlgan hududda geomagnit maydonni ifodalaydi. Qamrab olingan hudud kattaligi boʻyicha mintaqaviy, hududiy va cheklangan magnit Anomaliya lariga boʻlinadi;
4) ogʻirlik kuchi Axi — amaldagi ogirlik bilan yer sharining tuzilishiga qarab hisoblab chiqilgan ogʻirlik kuchi oʻrtasidagi farq; bu farq yer sharining umumiy tuzilishiga va kuzatilayotgan nuqta atrofidagi togʻ jinslarining zichligiga bogʻliq. Jinslar zichligi yer sharining oʻrtacha zichligidan farq qilsa, ogʻirlik kuchi Anomaliyasi roʻy beradi. Ogirlik kuchi va magnit Anomaliya larini oʻrganish geologik tadqiqotlarda, xususan, foydali qazilmalarni geofizik usullar bilan qidirishda keng qoʻllaniladi.