ANNEKSIYA (lot. annexio — birlashtirish, qoʻshilish) — bir davlat hududini butunlay yoki qisman zoʻravonlik bilan egallab olish yoki oʻz davlatiga qoʻshib olish siyosati, agressiyaning bir turi; shuningdek el-elatlarni begona davlat chegaralarida zoʻrlik bilan tutib turish. Anneksiya hoz. xalqaro huquqning, jumladan kuch qoʻllamaslik va kuch bilan xavf solmaslik prinsipi, millatlar oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqining buzilishi hisoblanadi.