ANKILOSTOMA

ANKILOSTOMA (Ankylostoma) — juda kichkina (urgʻochisi 10—13 mm keladigan) qizgʻish gijja. Odam va sut emizuvchi hayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. 2 turi odamning oʻn ikki barmoq ichagida yashaydi. Ankilostoma tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadq qulay sharoitda (25° da) 1—2 sutkadayoq ular lichinkaga aylanadi. Haqiqiy Ankilostoma tuproqda hayot kechirib, ikki marta poʻst tashlagandan keyin yuqumli lichinka hosil boʻladi. Bu lichinkalar terini teshib, tana ichiga kiradi, ogʻiz orqali ham yuqishi mumkin.