ANKA TURA

ANKA TURA (14-a.) — Jeta (Moʻgʻuliston) xonlari Tugʻluq Temur va Ilyosʼhoʻjalardan soʻng Jetada yuz bergan parokandalikda taxt talab boʻlib siyosiy sahnaga chiqqan xonzodalar va amirlardan biri. 1388-y. bahorida Amir Temur Xorazmda ekanligidan foydalanib, avvalgi bitimlarga xilof ravishda Oʻzgan tarafidan Andijonga hujum qiladi. Lekin Umarshayx Mirzoaai zarba olib, Oloy togʻlariga chekingan. Anka Turaning bu xuruji Amir Temurning 1389, 1390-y. larda Jeta tomon ikki marta yurishiga sabab boʻlgan. Bu yurishlar natijasida harbiy va iqtisodiy qudrati sindirilgan Jeta Amir Temur mulkiga qoʻshib olingan. Anka Tura Oltoy tomonga chekinib, domdaraksiz yoʻqolgan.