ANIKUSHIN Mixail Konstantinovich

ANIKUSHIN Mixail Konstantinovich (1917.19.9 (2.10) , Moskva) — haykaltarosh, RF BA haqiqiy aʼzosi (1962). Sankt-Peterburgdagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tida taʼlim olgan (1937— 41 va 1945—47). Sankt-Peterburgdagi Anikushin Pushkin haykali (bronza, 1957), «Leningradning qahramon himoyachilariga» memoriali (1975) va b. asarlarida muallif obrazning ruhiy holatini ochib berishga va tabiiyligiga, mutanosiblikka, meʼmoriy muhit bilan uygunligiga erishgan. Toshkent sh. dagi Pushkin haykalini ham Anikushin yaratgan.