ANIZOTROPIYA

ANIZOTROPIYA (yun. anisos — bir xil boʻlmagan va tropos — yoʻnalish) — modda fizik xossalarining har xil yoʻnalish va kesimlarda har xil boʻlishi. Anizotropiya, mas, kristallarning qattiqdik, issiqlik, optik, magnit, elektr va b. xossalari uchun xos. Disten, andaluzit, grafit kabi minerallarning qattiqligi boʻylamasiga bir xil boʻlsa, koʻndalangiga boshqacha boʻladi. Bir yoqlama bosim taʼsirida dastlabki tuzilishini oʻzgartirib, har xil kesimda turlicha tuzilishni hosil qilgan, tarkibidagi minerallar maʼlum qonuniyatga boʻysoʻngan togʻ jinslariga anizotropik togʻ jinslari deyiladi. Anizotropiya hodisasi minerallarning optik xususiyatini oʻrganishda katta ahamiyatga ega.