ANJU

ANJU — Fransiyaning shim.gʻarbidagi tarixiy viloyat, quyi Luara havzasida. Bosh shahri — Anje. Hoz. Anjuning aksariyat qismi Men va Luara departamentlari tarkibiga kiradi. Anju 9 – a. dan — graflik (markazi Anje sh.). 11 – a. oʻrtalaridan Anjuga Turen va 1126-y. Men qoʻshib olingan. 1154-y. A. grafi Angliya qiroli (Genrix II Plantagenet) boʻlgan, Anju esa inglizlarning Fransiyadagi mulklarining tarkibiy qismiga aylangan. 1202 — 04 y. larda Anju hududi fransuzlar tomonidan qaytarib olingan (bu 1259-y. gi Parij bitimi bilan tasdiqlangan). 1360-y. dan Anju — gersoglik. 1481-y. Lyudovik XI A. ni merosiy qirol mulkiga qoʻshib olgan.