ANJIR

ANJIR, anjirgul — anjirsimon naqsh; amaliy bezak sanʼati (oʻymakorlik, kulollik va b.)da keng qoʻllaniladi. Anjir qadash usuli bilan yaratiladi. Anjir sopol buyumlarning chetlariga hoshiya shaklida ishlanadi. Xalq ustalari bu usuldan qadim zamonlardan beri keng foydalanadi.