ANESTEZIOLOGIYA

ANESTEZIOLOGIYA — klinik tibbiyot sohasi, jarrohlikda organizmni ogʻriqsizlantirish, operatsiya vaqtida uning muhim hayotiy funksiyalarini boshqarish masalalarini oʻrganadi. Anesteziologiya mustaqil fan sifatida bundan bir necha oʻn yil ilgari shakllandi. Oʻzbekistonda Anesteziologiya xizmati bekamu kust yoʻlga qoʻyilgan; yirik shifoxonalarda maxsus Anesteziologiya boʻlimlari bor. A. kafedpalarida anesteziolog mutaxassislar tayyorlanadi va i. t. ishlari olib boriladi.