ANDROTSEY

ANDROTSEY (yun. andros — erkak va oikia — uy) — guldagi changchilar (mikrosporofillar) yigʻindisi. Bir gulning Androtsey dagi changchilar soni shu gul mansub boʻlgan oʻsimlik turiga qarab har xil (bittadan bir necha yuzgacha) boʻlishi mumkin.