ANDROMEDA

ANDROMEDA — yulduz turkumi; osmonning Shim. yarim sharida Persey va Pegas yulduz turkumlari orasida joylashgan. Uchta 2-kattalikdagi ravshan yulduzi bor. A. da mashhur spiral galaktika — Andromeda tumanligi boʻlib, uni oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin.