ANDISHA

ANDISHA — axloqiy tushuncha. Oʻzaro muomalada sharm-hayo, bosiqlik va muloyimlik bilan munosabatda boʻlishni talab qiladi. Andisha li odam birovlarning izzat-nafsiga tegmaydi, kattalar, oqsoqollar hurmatini joyiga qoʻyadi; oʻta bosiqlik bilan fikr yuritib biror ishni hal qiladi. Andisha sharm-hayo, uyat, istihola, iffat, ibo kabi odob tushunchalari bilan uzviy bogʻliq.