ANDIJON IRRIGATSIYA MASHINASOZLIGI ZAVODI

ANDIJON IRRIGATSIYA MASHINASOZLIGI ZAVODI, «Andijonirmash» — irrigatsiya uchun turli mashinalar ishlab chiqaruvchi z-d. 1956-y. da Andijon sh. da «Avtotraktordetal» z-di (1941) negizida kurilgan. Z-d asosan yer tekislaydigan mashinalar, yuklagichlarning osma jihozlari, gidrotsilindrlar, manipulyatorlar, vib-ropresslar va b. irrigatsiya texnikasi ishlab chiqaradi.