ANDIJON VILOYAT ADABIYOT VA SANʼAT MUZEYI

ANDIJON VILOYAT ADABIYOT VA SANʼAT MUZEYI — Andijon sh. dagi oʻzbek adabiyoti va sanʼati asarlari tuplangan muassasa. 1989-y. viloyat oʻlkashunoslik muzeyidan ajralib chiqib mustaqil faoliyat koʻrsata boshlagan. Andijon sh. dagi meʼmoriy yodgorlik Ahmadbek hoji mehmonxonasi (muzey maʼmuriyati va sanʼat bulimi) hamda Ark ichi (adabiyot bulimi) meʼmoriy yodgorligida joylashgan. 1975-y. Oʻzbekiston Qoʻlyozmalar in-ti adabiyot muzeyining Andijon bulimi sifatida H. Sulaymonov tashabbusi bilan Andijon jome masjidi majmuasida ochilgan. 1978-y. dan viloyat ulkashunoslik muzeyi ixtiyorida, tasviriy va amaliy sanʼat bulimi tashkil etildi. Muzeyning umumiy jamgʻarmasi 3718 ta boʻlib, adabiyotlar (2565 ta), tasviriy va amaliy sanʼat asarlari (1000 dan ortiq) tuplangan. Muzeyda respublika va viloyat miqyosidagi turli davrlarda xalq ustalari tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat namunalari, tasviriy sanʼat asarlari, sharq mutafakkirlari qoʻlyozma va toshbosma asarlari, hoz. davr adabiy muhitini aks ettiruvchi materiallar saqlanadi. Jumladan, Bobur boʻlimida Bobur hayoti va ijodiga oid boy materiallar, tarixiy manbalar tuplangan; Jomiyning «Devon»i, A. Bedilning «Kulliyot»i va b. qoʻlyozma asarlar diqqatga sazovor. Muzeyda turli mavzuda koʻrgazmalar tashkil qilinadi.