ANDERRAYTER

ANDERRAYTER (ing. underwriter) — 1) yangi chiqarilgan qimmatbaho qogʻozlar (aksiya, obligatsiya va b.)ning muayyan miqdorini sotib olib, keyinchalik uni investorlarga sotish yoʻli bilan joylashtirish majburiyatini oladigan kafil; 2) sugʻurta ishida sugʻurta kompaniyasi tomonidan xatarning barcha turlarini sugʻurtalash (qayta sugʻurtalash)ga vakil qilingan shaxs. A. sugʻurta portfelining shakllanishiga javob beradi.