ANDANTE

ANDANTE (ital. andare — odimlash) — 1) musiqada oʻrtacha sekin surʼat;

2) mazkur surʼatda ijro etiladigan musiqa asari (mas, L. Betxoven — Fa major «Andante favori» si) yoki uning qismi. Simfoniya, kvartet, sonata va h. k. ning odatda 2 – yoki 3 – qismlari koʻpincha Andante surʼatida boʻladi. Mac, M. Tojiyevning 3-simfoniyasi (3 – qismi), 4 – simfoniyasi (2 – qismi), M. Mahmudovning «Navo» simfoniyasi (1-qismi), Ik. Akbarovning «Samarqand hikoyalari» (1 – qismi), 1 – kvarteti (2-qismi) va b. Bularning barchasida Andante atrof qismlar bilan surʼat jihatdan va mazmunan keskin farq hosil qiladi.