ANDAVA

ANDAVA (fors-toj. andova, ando — somonli loy suvash) — suvoq ishlarida suvalayotgan sathni tekislash, silliqlash, rax chiqarish uchun ishlatiladigan quruvchilik asbobi. Asosan temirdan (baʼzan, taxtadan) uzunligi 30 — 40 sm, eni 8—10 sm, qalinligi 2 mm, uch tomoni ensizroq qilib yasaladi. Yarim yey shaklidagi dastasi boʻladi. Bundan tashqari, tunuka qoplangan katta Andava, katta silliqlash A. si, namat qoplangan dyuralyuminiyli kichik Andava, tashqi qirra Andavasi, ichki qirra Andavasi, rusta chikargich Andava, kurakcha Andava (masterok), galtel A. si (yarim dumaloq A.) kabi xillari bor. Katta yuzalarni umumiy silliqlashda gazchoʻp (katta yogʻoch A.)dan foydalaniladi.