ANDA — qad. turk-moʻgʻul xalqlarida tutingan aka-uka. Anda boʻlishlikni istagan shaxslar qon chiqarib uni birbirlariga surtganlar va umrbod aka-uka tutinganlar. Mas, Chingizxon jajirat qabilasi rahbari Jamuxa bilan Anda tutingan.