ANGREN OLTIN BOYITISH FABRIKASI

ANGREN OLTIN BOYITISH FABRIKASI — oltin rudasini boyituvchi f-ka, «Oʻzbekolmosoltin» uyushmasi tarkibiga kiradi, Toshkent viloyati Angren sh. dan 6 km uzoqliqda, shaharning gʻarbida joylashgan. 1971—73 y. larda qurilgan. F-kada Koʻchbuloq, Qizilolmalisoy va b. oltin konlaridan qazib olingan ruda qayta ishlanadi (qayta ishlanadigan rudalar tarkibida 40 ga yaqin minerallar uchraydi). F-kada olingan gravio – va flotokon-sentratlar yana qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatita joʻnatiladi. F-kada ishlab chiqariladigan mahsulotdan oltin, kumush, mis, selen, tellur, vismut kabi metallar olinadi. F-ka 1992—93 y. larda «Oʻrta Osiyo rangli metallar» loyiha i. t. instituta loyihasi asosida rekonstruksiya qilindi va i. ch. quvvati ikki marta oshirildi. F-ka negizida qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Nyumont (AQSH), Mitsui (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda yopiq turdagi «Angrengold-kompani» qoʻshma korxonasi barpo etish boʻyicha shartnoma imzolandi (1997).