ANGREN KOʻMIR KONI

ANGREN KOʻMIR KONI — Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi qoʻngʻir kumir koni. Qurama va Chatqol toglari etagida. Geologik kon qidiruv ishlari 1934-y. dan boshlangan. Dastlabki shaxta 1940-y. da ishga tushirilgan. Koʻmirli havzaning mayd. qariyb 70 km2. Aniqlangan zaxirasi 860 m chuqurlikkacha 1,9 mlrd. t (Oʻrta Osiyodagi barcha koʻmir zaxirasining qariyb 1/4 qismi). Koʻmir yura yotqiziqlari orasida joylashgan, qatlami juda serbar, qalinligi yer yuzasida 20 m dan chuqurlikda 130 m gacha. Koʻmir B2 markasiga mansub. Yonish issiqligi 13,9 MJ/kg. Koʻmir asosan ochiqusulda (2,5 mln. t), qisman yer ostidan (0,5 mln. t) qazib olinadi. Bundan tashkari «Yerostigaz» st-yasida kumir gazga aylantirilib, yiliga 50 mln. m3 gaz ishlab chiqariladi. Koʻmir bilan birga kaolin ham qazib olinadi. Qatlamlar orasida portlandsement, flyus, burt hamda kanalizatsiya quvurlari i. ch. uchun xom ashyo boʻladigan jinslar koʻp.