ANGREN KULOL AKSIYADORLIK JAMIYATI

ANGREN «KULOL» AKSIYADORLIK JAMIYATI — qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yirik korxona. «Oʻzqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. 1965-y. da ishga tushirilgan. 1965—94 y. larda Angren keramika kombinati nomi bilan atalgan. 1994-y. dan hozirgi nomda. Santexnika jihozlari, kanalizatsiya kuvurlari, fayans buyumlar, gips, alebastr, metlax plitalari, polga, devorga ishlatiladigan sopol koshinlar va b. materiallar (asosiy xom ashyosi koalin) ishlab chiqaradi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish va turini koʻpaytirish maqsadida Eron, Germaniya, Chexiya va Slovakiya firmalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.