ANGOR QUYONI

ANGOR QUYONI — quyon zoti; tiviti angor echkisinikiga oʻxshaganligi sababli shu nom bilan atalgan. Angor quyonining juni mayin, ipaksimon, rangi oq, baʼzan havo rang va qora. Angor quyonining kallasi katta, qulogʻi kalta, yetuk quyonlarning vazni 2,3 — 3,5 kg, tanasi uz. 43 sm. Bir bolalashda 7 tagacha nasl beradi. Aq. ning tiviti Oʻzbekiston sharoitida apr. ning ikkinchi yarmida tarab olinadi (bir yilda 250 g gacha tivit), yuqori sifatli trikotaj va fetr mahsulotlar tayyorlanadi. Angor quyoni k, – yoz issigʻiga chidamsiz boʻlganidan salqin zonalarda boqiladi.