ANGLIYA-AMERIKA URUSHI

ANGLIYA-AMERIKA URUSHI (1812 – 14) — bir tomondan, Angliyaning AQSH savdosi va iqtisodiyotini barbod qilishga intilishi va ikkinchi tomondan, AQSHning oʻz yerlarini kengaytirish, Kanadani bosib olish yoʻlidagi intilishlari oqibatida vujudga keldi. 1812-y. 18-iyunda AQSH Angliyaga urush eʼlon qildi. Xalqaro vaziyatning qulay kelganligiga qaramay, AQSH Kanadaga bostirib kira olmadi. AQSH qoʻshinlari Eri koʻli (1813-y. sent.), Shampleyn koʻli (1814-y. sent.) va b. da gʻalaba qozondilar. Biroq, Angliya AQSH qirgʻogʻini qamal qildi va 1814-y. 24-iyulda askar tushirib, Vashingtonni egalladi va koʻp qismiga oʻt qoʻydi (1814-y. avg.). Urush davomida amerikaliklarning harbiy harakatlari aylanib ketdi. 1814-y. 24 dek. da Gent shartnomasi imzolandi. Bu shartno-ma urushdan oldingi vaziyatni tikladi.