ANGIOSTOMIYA (angio… va yun. stoma — teshik) , vazostomiya — qon oqishini kuzatish va zaruriyat boʻlganda qon olib, uning tarkibini aniqlash maqsadida tomirlarga maxsus nay — fistula qoʻyish usuli. Nay ichiga uzun igna kiritib, qon shu igna (shpris) yordamida tortib olinadi.