ANVAR OBIDJON

ANVAR OBIDJON (Obidjonov) (1947.8.1, Fargʻona viloyati Oltiariq tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1998). Toshkent davlat un-tining jurnalistika f-tini tugatgan (1979). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari (1981—86), «Yosh kuch» jur. da muxbir (1987—88), «Mushtum» jur. da boʻlim mudiri (1988—89), «Choʻlpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor (1989—98), Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida muharrir (1998-y. dan). Anvar Obidjonning ohang va uslub jihatidan oʻziga xos hajviy asarlari oʻzbek bolalar adabiyotida yangi yoʻnalishni shakllantirgan. Qissa va hikoyalari zamonaviy, sodda va taʼsirchan («Usta Gulmat gʻazallari», 1974; «Eng yorugʻ kun», 1983; «Akang qaragʻay Gulmat», 1987; «Oltin yurakli Avtobola», 1988), «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Yerlik – I lar» (1990), «Alamazon va Gulmat hangomasi» (1992), A «Ajoyibxona» (1993, sheʼriy taqvim) va b. doston, qissalar, sheʼrlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat toʻplamlar muallifi. Respublika teatrlarida pyesalari sahnalashtirilgan. «Oltin yurakli Avtobola» qissasi asosida «Tilsimoy — gʻaroyib qizaloq» nomli bolalarga atalgan film suratga olingan. «Oʻzbekiston askarlari» qoʻshigʻi milliy armiyaning birinchi saf qoʻshigʻiga aylangan.

As: Meshpolvonning janglari, T., 1994; Alisher ila Husayn yoki uch dono va oʻgʻri, T., 1996.