ANBAR

ANBAR — 1) oq va qoʻngʻir rangli mumsimon xushboʻy modda. Uvalanadigan moyli massa boʻlib, suyuqlanish t-rasi 60°, suvda erimaydi, spirt, efir, hayvon moylarida yaxshi eriydi. Anbardan yangiligida najas hidi keladi; eskirgach, bu hid koʻtarilib, noziq hid qoladi. Anbar dengiz hayvoni — kashalot ichagidan olinadi; kashalotlar yashaydigan dengiz va okeanlar yuzidan (ayniqsa, Hind va Tinch okeanlarning sohilga yaqin joylaridagi suvdan) ham yigʻib olinadi. Atir-upa sanoatida ishlatiladi.

2) Koʻchma maʼnoda (mushku anbar) — muattar, xushboʻy hid.