ANAEROB INFEKSIYA (gazli infeksiya, gazli flegmona, xavfli shish) — jarohatlarning faqat kislorodsiz muhitda koʻpayadigan kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar — anaeroblar b-n zararlanishi; koʻpincha jarohatlarga (asosan oyoq va dumbadagi) tuproq tushishidan paydo boʻladi, chunki tuproqda deyarli har doim Anaerob infeksiya qoʻzgʻatuvchilari saqlanadi. Majaqlangan yoki ezilgan toʻqimalar koʻproq za-rarlanadi, chunki qon tomirlarga shikayet yetishi sababli jarohatlangan joyga kislorodga toʻyingan qon (arterial qon) kelishi toʻxtab qoladi. Anaerob infeksiyada yumshoq toʻqimalar tez shishib, unda gaz pufakchalari hosil boʻladi, keyinchalik toʻqimalar oʻladi (q. Gangrena). A. ning dastlabki belgilari: jarohat ogʻriydi, toʻqimalar koʻpchib ketayotgandek tuyuladi, shish keladi, 1 — 2 kundan keyin gavda t-rasi koʻtariladi. Anaerob infeksiya juda xavfli, shuning uchun bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak.