ANAXITA

ANAXITA — zardushtiylik dinida obodonlik va farovonlik maʼbudasi. Qad. dehqonlar yogʻingarchilik va hosildorlikni Anaxitaning moʻjizasi deb hisoblashgan. Qad. haykaltaroshlar Anaxitani bir qoʻlida anor yoki olma ushlab turgan ayol shaklida tasvirlaganlar. Arxeologik qazishmalarda Anaxitaning sopoldan yasalgan haykalchalari ham uchrab turadi.