ANATAZ

ANATAZ — sodda oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. TYU2ning polimorf modifikatsiyalaridan biri. Fe, Zn, Nb qoʻshimchalari boʻladi. Rangi yashil-sarikdan kulrang-qoragacha. Qattiqligi 5,5 – 6. S or. 3,8 – 3, 9. 915° gacha qizdirilganda rutilta aylanadi. Olmossimon yoki metallsimon yaltiroq. Gneys, granit va b. da ikki-lamchi aksessor mineral. Anataz yertomirlarda, magmatik va metamorfik jinslarda, kamroq miqdorda pegmatitlarda, baʼzan esa choʻkindi (qumtosh) jinslarda uchraydi, shuningdek ilmenitning yemirilishi natijasida vujudga keladi. Yaltiroq tiniq nus-xalari zargarlikda jilvir sifatida ishlatiladi.