ANARXOSINDIKALIZM

ANARXOSINDIKALIZM (yun. anarchia — beboshlik, tartibsizlik; syndikos — uyushma) — xalqaro ishchilar harakatining anarxizm taʼsirida boʻlgan oqimi. Kasaba uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin i. ch. vositalari mazkur uyushmalar qoʻliga oʻtishi lozim, deb hisoblagan. A.-s. sabotaj, boykot, iqtisodiy ish tashlash va kurashning «oliy shakli» sifatida umumiy iqtisodiy stachka kabi «toʻgʻridan-toʻgʻri harakat» taktikasini yoqlagan. 19 – a. oxirlarida Fransiya, Italiya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida vujudga kelib, 20 – a. boshlarida eng koʻp tarqalgan.