ANALITIK TAROZI — moddalarni aniq tortadigan noziq tarozi; kimyoviy analizlarda ishlatiladi. Analitik tarozida ogʻirligi 2 g dan 200 g gacha boʻlgan moddalar 0,04 mg gacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining toʻliq analitik (100—500 g li, 1—5 mg aniqlikda tortadigan), yarim mikroanalitik (20—50 g li, 0,2—0,25 mg aniqlikda), mikroanalitik (20—30 g li, 0,01 mg aniqlikda), probirka (1—2 mg li, 0,04 mg aniqlikda); teng yelkali va bir yelkali xillari bor. Bir yelkalida posangi boʻladi. Koʻpincha, teng yelkali va ikki pallali Analitik tarozi ishlatiladi. Analitik tarozini chang, shamol, kishi nafasidan sakdash uchun u oynali shkaf ichiga oʻrnatiladi.