ANAKSIMEN (mil. av. 585-525) — yunon faylasufi. Milet maktabi namoyandasi. Anaksimandrning shogirdi. Uning fikricha, borliqning asosi havo boʻlib, uning quyuqlashuvi va siyraklashuvidan barcha narsalar yuzaga keladi.