ANAKSAGOR

ANAKSAGOR (mil. av. taxm. 500428) — yunon faylasufi, riyoziyot va falakiyot olimi, Afina falsafa maktabining asoschisi. Xudosizlikda ayblangan (u Kuyosh choʻgʻ holatidagi jismdan iborat, deb uqtirgan). Buzilmas unsurlar — narsalarning «urugʻ»lari haqidagi taʼlimotni ilgari surgan (keyinchalik ular gomeomeriya deb atalgan). Uningcha, olam bunyodkori aql (nus) boʻlib, unsurlarni tartibga solib turadi.