AN Mixail Ivanovich

AN Mixail Ivanovich (1952.19.2, Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani — 1979.11.8, Dneprodzerjinsk sh., Kurilovka qishlogʻi yaqini) — futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976). Olimpiada rezervlari bilim yurtini tamomlagach, «Paxtakor» futbol jamoasi yarim ximoyachisi (1971 — 79). Oliy va birinchi tabaka oʻyinlarida 52 toʻp kiritgan. 1974 va 1978-y. da mamlakatning eng kuchli 33 futbolchisi ruyxatidan joy olgan. U sardorlik qilgan mamlakat oʻsmirlar terma jamoasi Yevropa chempioni boʻlgan (1976). Milliy futbol terma jamoa tarkibida oʻynagan (1978). An aviatsiya halokati natijasida nobud boʻlgan. Toshkent sh. da dafn etilgan. Toshkent sh. dagi kuchalardan biri uning nomi bilan ataladi. Bolalar va usmirlar futbol jamoalari oʻrtasida har yili An xotira turniri utkaziladi.