AMFOTERLIK

AMFOTERLIK (yun. amphoteros — ikkalasi; har ikkisi) — baʼzi element oksidlari va gidroksidlarining (amfolitlar deb ham ataladi) muhitga qarab ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qilishi. Tipik amfoter birikma sifatida suv molekulasini koʻrsatish mumkin. Undagi kislotalik va asos (ishqor) lik xossalari reaksiyaga kirishuvchi ikkinchi tarkibiy qism xususiyatiga bogʻliq. Kuchli kislotalar bilan Amfoterlik xossasiga ega bulgan birikma asos holida va, aksincha, ishqorlar bilan kislota holida reaksiyaga kirishadi. Kuchsiz borat kislota oʻzidan kuchliroq ortofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda asos rolini bajarib, VRO4 tuzini hosil qiladi. Metall gidroksidlaridan Amfoterlik alyuminiy, galliy, rux, qalay gidroksidlarda va b. da uchraydi. Bulardan galliy gidroksidi suvdagi eritmasining kislotalik va asoslik xossalari jihatidan dissotsilanish konstantalari bir-biriga deyarli teng. Organik amfoter birikmalarga karboksil guruhlari boʻlgan aminokislotalar misol boʻla oladi.