AMUR NEOLIT MADANIYATI — Amur daryosi havzasidagi neolit (mil. av. 5 – ming yillikning oxirlari va 1-ming yillikning boshlarigacha) madaniyati yodgorliklari. Kulolchilikda spiralsimon naqshlar, tagi qizil qora bezaklar paydo boʻlgan. Toshdan ishlangan ov qurollari (bolta, nayza uchi va sh. k.) topilgan. Keyingi davrda boʻyni uzun idishlar, silliq pichoqlar, oq nefrit uzuklar, yirik tosh boltalar paydo boʻlgan. Evoron koʻli yaqinidagi Sargol qishlogʻidan topilgan soʻnggi neolit davriga oid buyumlar keyingi davrlarda quyi Amurga shim. da yashagan qabilalar koʻchib kelganini tasdiqlaydi.
Ad.: Istoriya Sibiri s drevneyshix vremyon do nashix dney, t. 1, L., 1968.