AMUDARYO

«AMUDARYO» («Emioʻderya») — Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining suratli, adabiy-ijtimoiy jur. 2 oyda bir marta Nukusda chiqadi. 1959-y. gacha «Qoraqalpoq adabiyati ham iskusstvosi» nomi bilan chiqqan. Adadi 4000 ga yaqin (1999).