AMU-BUXORO MASHINA KANALI — Buxoro viloyatidagi sugʻorish kanali. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidan, Chorjoʻy sh. (Turkmenistan) dan 12 km yuqorida boshlanadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro vohasiga suv beradi. 1-navbati 1965-y. da, 2-navbati 1976-y. da qurilgan. Umumiy uz. 400 km. Suvni maksi-mal koʻtarish bal. 111m, maksimal suv oʻtkazish imkoniyati 270 m3/s A.-B. m. k. ning 1-navbati ishga tushirilgach, Buxoro viloyatida boshqa manbalardan sugʻorib kelingan 136,5 ming ga yerni Amudaryo suvi b-n sugʻorish mumkin boʻldi, Amudaryo havzasidagi 377 ming ga yerning suv bilan taʼminlanishini yaxshilash, 23,8 ming ga yangi yerlarni sugorish imkoni tugildi. Magistral kanalda 65 gidrotexnika inshooti, 11 nasos st-yasi (jumladan suvni 54 m balandlikka koʻtarib beradigan, har birining quvvati 12,5 ming kVt boʻlgan 10 nasos agregatli Hamza-2 nasos styasi) bor. A.-B. m. k. ning nasos st-yalari, ularning umumiy joylanishi, ayrim nasos agregatlarning quv-vati, shuningdek nasoslarning avtomatika va telemexanika vositalari bilan jihozlanishi jihatidan mamlakat irrigatsiya tajribasida noyob hisoblanadi. Birinchi marta Buxoro viloyatida nasos st-yasining old kamerasida belgilangan suv sathini doimo bir xilda saqlab turadigan avtomatik tam-ba (zatvor) qoʻllanildi. 152km da uch yoʻnalishda suv taqsimlagich qurildi: chapda — A.-B. m. k. ning 1-navbati uchun (suv sarfi 60,3 m3/s), oʻngda — A.-B. m. k. ning 2-navbati uchun (suv sarfi 95,8 m3/s) va oʻrtada rostlagich – Toʻdakoʻl shoʻrini yuvish hamda kelajakda uni toʻldirish uchun suv beradi. A.B. m. k. ning 2-navbati tugaydigan 191-km da Qiziltepa nasos st-yasi qurildi. U A.-B. m. k. ning 2-navbatidan Zarafshon daryosiga suv uzatadigan ikkinchi pogona hisoblanadi. Qiziltepa nasos styasining yuqori byefida suv sathini taʼminlash uchun Toʻdakoʻl botigʻiga suv tashlaydigan inshoot qurilgan. A.B. m. k. 2-navbatining ishga tushirilishi 15,5 ming ga yangi yerlarni oʻzlashtirish, Amudaryo suvi bilan Buxoro, Samarqand, Navoiy viloyatlaridagi 77 ming ga sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilash imkonini yaratdi.
Sharif Hamdamov.